TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin reytingi rossiyaliklarning prezident faoliyatiga bergan bahosiga qarab shakllanadi, shu bilan birga sotsiologlar ko‘pincha yanglishadilar, lekin soha mutaxassislari professionalligini Kreml yuqori baholaydi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov. RIA Novosti xabariga asosan.
"Bilasizmi, prezidentning har-xil reytingi yo‘q. Prezident reytingi bitta, va u odamlar prezident faoliyatini qanday baholashlari, o‘sha ish natijalariga qarab shakllantiriladi. Qolgan barchasi sotsiologiya xizmatlari faoliyati metodikasi - ular ikkilamchi", - dedi Peskov jurnalistlar tomonidan berilgan "VSIOM tomonidan e’lon qilingan Putinning yangi reytingi natijalaridan qoniqdingizmi" degan savolga javoban.
Kreml vakili shu bilan birga, "sotsiologiya sohasida ishchilarning professionalligini yuqori baholashlarini, ammo, ba’zan savollar tug‘ilishi va ular bu savollarni sotsiologlarga albatta berishlarini va berishda davom etishlarini" ta’kidladi.