Bugundan Prezident maktablariga hujjatlar qabuli boshlandi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetdan foydalanish imkoniyati yo‘q ota-onalar hujjatlarni oflayn usulda topshirishlari mumkin. Buning uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi qabul markazlariga borishlari kerak.

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Joriy yil 1-22 iyun kunlari Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi Prezident maktablarida hujjatlarni qabul jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Prezidentskaya shkola, proyekt - Sputnik O‘zbekiston
Xorijiy ekspertlar prezident maktablariga qabulni boshlash uchun O‘zbekistonga keldi

Talabgorlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, 2018-2019 o‘quv yilidagi tabelining tasdiqlangan nusxasi hamda ta’lim olayotgan maktabidan belgilangan shakldagi ma’lumotnomani (maktab direktoridan olinadi) taqdim etishi kerak. Hujjatlar namunalari pm.xtv.uz saytiga joylashtirilgan. Shuningdek, hujjat namunalari maktablarda ham bor.

Hujjatlar qanday topshiriladi?

Hujjatlarni ikki xil usulda topshirish mumkin: onlayn va oflayn. Hujjatlar onlayn usulda Prezident maktablarining rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Buning uchun hech qayerga borishning hojati yo‘q. Onlayn qabul 21-iyun kuni soat 00:00da yakunlanadi. Rasmiy sayt manzili: pm.xtv.uz

Internetdan foydalanish imkoniyati yo‘q ota-onalar hujjatlarni oflayn usulda topshirishlari mumkin. Buning uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi qabul markazlariga borishlari kerak. Qabul markazlari manzili jadvalda ko‘rsatilgan. Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 22-iyun kuni soat 17:00 da yakunlanadi. 17:00 dan boshlab hujjatlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktablariga ingliz tilini yaxshi bilganlar qabul qilinadi

Hujjatlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish

Ota-ona talab etilgan hujjatlarni qabul markazlariga olib kelib topshirgach yoki pm.xtv.uz rasmiy veb-sayti orqali yuborgach, qabul markazlari xodimlari hujjatlarni ko‘rib chiqishadi. Ota-ona operator yordamida ma’lumotlarni elektron bazaga kiritadi. Ota-onalar kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi oferta shartnomasini imzolaydilar.

Xabarnomani qabul qilish

Talabgor arizasi qabul qilingani to‘g‘risida tasdiqlovchi SMS xabarnomaga ega bo‘ladi. Talabgor pm.xtv.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali ariza holati va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishi kerak.

Prezident maktablarining cheklangan miqdorda tashkil etilishi mazkur muassasalarni boshqarishning butunlay yangi modelini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ushbu sinov muvaffaqiyatli o‘tgach, xulosalar jamlangan holda 2020-2021 yillarda Prezident maktablari respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0