To be continued!? Ukrainada Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPetr Poroshenko
Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portnov so‘zlariga ko‘ra, Potr Poroshenko iyul oyining boshlarida tergov hibsxonasiga joylashtirilishi mumkin.

TOShKENT, 31-may - Sputnik. Ukraina davlat tergov burosi Ukraina sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga nisbatan yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda RIA Novosti Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari huquqshunos Andrey Portnov so‘zlariga asoslanib xabar qildi.

Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish ochildi

Ma’lum qilinishicha, bu safar sobiq prezident "2019 yil mart-may oylarida Adliya oliy kengashi a’zolarini tayinlash uchun nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazishga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish"da  namoyon bo‘lgan hokimiyatni qo‘lga olishda gumon qilinmoqda.

Portnov sobiq prezident iyul oyining boshlarida tergov hibsxonasiga joylashtirilishi mumkin deb hisoblaydi.

Qayd etish joizki, bu mamlakatning sobiq yetakchisiga qarshi qo‘zg‘atilgan beshinchi jinoiy ishdir.

“Bu hali holva”: Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Bundan avval Potr Poroshenkoga qarshi “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 million dollarni qonuniylashtirish holati, “Sentrenergo” OAJda lavozimlarni taqsimlashdagi noqonuniy harakatlar, davlatga xiyonat hamda sud hokimiyatini noqonuniy olib qo‘yishda (uzurpatsiya) ayblovi bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgandi.

Yangiliklar lentasi
0