Qozog‘iston Suriyadan 171 nafar bolani qaytardi – Tokayev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyadan olib kelingan bolalar Qozog‘istondagi maxsus adaptatsiya markazida reabilitatsiyadan o‘tmoqda.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. Qozog‘iston “Jusan” maxsus gumanitar operatsiyaning navbatdagi bosqichida Suriyadagi mojaro hududidan 171 nafar bolani qaytardi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev ma’lum qildi.

Grajdan Uzbekistana zabrali iz zoni voorujennix konfliktov - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadan qaytarilgan ona-bolalar sog‘lomlashtirish muassasalarida joylashtirilmoqda

Bu tadbir 28-31 may kunlari amalga oshirildi.

“Qozog‘iston davlat tuzilmalarining birgalikdagi harakati va xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlik tufayli jangovar hududdan 171 bola evakuatsiya qilindi”, - dedi Tokayev.

Suriyadan olib kelingan bolalar Qozog‘istondagi maxsus adaptatsiya markazida reabilitatsiyadan o‘tmoqda.

Tokayevning so‘zlariga ko‘ra, “Jusan” operatsiyasining tashabbuskori Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bo‘lgan va u o‘tgan yildan beri amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, chora-tadbirlar natijasida 357 bola vatanga qaytarildi.

Qozog‘iston prezident maslahatchisi Yerlana Karinaning bergan ma’lumotlariga qaragandan, o‘tgan safar 67 nafar ayol evakuatsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0