Qirg‘izistonda xorijiy mahbuslardan eng katta qismi o‘zbekistonliklar tashkil etadi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston koloniyalarida 9,3 ming kishi jazoni o‘tamoqda.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. Qirg‘iziston jazoni ijro etish muassasalarida 340 nafar xorijiy fuqaro jazo muddatini o‘tamoqda.

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Hozirgi vaqtda qamoqxonada 9,3 ming kishi jazo o‘tamoqda, ulardan  340 nafar xorijiy fuqarolar.

Mahkumlarning eng ko‘p soni O‘zbekiston fuqarolari (32,7%), Tojikiston (24,5), Rossiya (19), Qozog‘iston (16,9), Turkiya (2,6) va Xitoy (0,5) tashkil qiladi.

O‘tgan oyda O‘zbekistonda 19 nafar Qirg‘iziston fuqarolari qamoq jazosini o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Xorij mamlakatlardagi qamoqxonalarda jami 1882 nafar Qirg‘iziston fuqarolari saqlanmoqda: Rossiyada – 1335, Qozog‘istonda – 212, Tojikistonda – 34, O‘zbekistonda – 19, Xitoyda – 18, Germaniyada – 14, Turkiyada – 8.

Yangiliklar lentasi
0