Oreshkin: AQShdan farqli o‘laroq, Rossiya uchun O‘zbekiston - chinakam sherik, qiymatsiz chaqamas

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMinistr ekonomicheskogo razvitiya RF Maksim Oreshkin
Ministr ekonomicheskogo razvitiya RF Maksim Oreshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ikki mamlakat bosh vazirlari darajasida hukumatlararo komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Moskva va Toshkent hamkorligi haqida gapirar ekan, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston-Rossiya sherikligining Amerika Markaziy Osiyoda ko‘zlaydigan maqsadlardan nimasi bilan farqlanishini aytib o‘tdi.

Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining asosiy maqsadi - hamkorlikda ikki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va bu bilan xalqlar farovonligiga erishish, deya qayd etdi vazir Oreshkin.

"Amerikalik sheriklar Markaziy Osiyo va O‘zbekistonni, birinchi galda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi allaqanday bufer zona sifatida ko‘radi. Ayniqsa, Vashington va Pekin o‘rtasida mavjud qarama-qarshilikni hisobga oladigan bo‘lsak. AQShdan farqli o‘laroq, Rossiya iqtisod taraqqiyotiga yo‘naltirilgan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantiradi. O‘zbekiston biz uchun geosiyosiy o‘yindagi qiymatga ega bo‘lmagan chaqa emas, haqiqiy sherikdir", - deb ta’kidladi Oreshkin.

RF iqtisodiy rivojlanish vaziri izohini Sputnik radiosi podkastida tinglang.

Oreshkin: v otlichie ot SShA dlya RF Uzbekistan — partner, a ne razmennaya karta
Yangiliklar lentasi
0