Rossiya hukumati rahbari 29-may kuni kechqurun O‘zbekistonga keldi. Toshkent aeroportida uni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov va poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.
Ertasi kuni ertalab Medvedev prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi, so‘ngra Rossiya — O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisida ishtirok etish uchun Urganch shahriga jo‘nab ketdi. Uchrashuv yakunida ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida bir qator hujjatlar imzolandi.
Xususan, Rossiya hukumati rahbari Moskva va Toshkent yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 4,5 milliard dollardan 10 milliard dollargacha yetkazish niyatida ekanini ta’kidladi.
O‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng bosh vazirlar Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov Xiva shahriga borib, Ichan qal’a bo‘ylab sayr qilishdi.
Yorqin suratlarni Sputnik fotojamlanmasida tomosha qiling.