Buxoro viloyatida xalqaro matematika maktabi tashkil etiladi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskie formuli
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida qaror loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. “Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi mumkin

Qaror loyihasida aytilishicha, Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga “Xalqaro matematika maktabi” maqomini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish  nazarda tutilgan.

Xalqaro maktabning asosiy vazifalari:

- umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish;

- o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;

- har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

- yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mamlakatlardan tajribali o‘qituvchilarni jalb qilish;

- iqtidor va iste’dodni aniqlash hamda kamol toptirish bo‘yicha o‘quvchilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;

- respublikadagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga umumiy metodik yordam ko‘rsatish.

“2019-2020 o‘quv yilidan Xalqaro maktabning 7-sinfiga 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Qaror loyihasida yozilishicha, xalqaro maktab binosini mukammal ta’mirlash, 400 o‘rinli yotoqxona va 150 o‘rinli mehmonxona binosini qurilishi hamda jihozlash  ishlarini qo‘shimcha ravishda kiritish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0