TOShKENT, 30-may – Sputnik. Joriy yilning 30-may kuni soat 11:52da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi 11-uy oldida “Gazel” rusumli yuk tashish avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida avtomashinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
© Gosudarstvennaya slujba pojarnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanPojar v gruzovom avtomobile marki “Gazel”
Pojar v gruzovom avtomobile marki “Gazel”