Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonov o‘rtasidagi nizo: “O‘zbekkonsert” bayonot berdi

Obuna bo‘lish
Xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovlar borasida yuzaga kelgan vaziyat xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytishi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi - deyilgan xabarda.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. 2019-yil 29-30 may kunlarida xonanda Jahongir Otajonov o‘zining instagramm sahifasida “O‘zbekkonsert” DM tomonidan litsenziyasi borasida muammo bo‘layotganini iddao qilib, asossiz ravishda bir tomonlama murojaat qoldirmoqda. Bu haqda “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati xabar qildi.

Million guruhi - Sputnik O‘zbekiston
"Bravo" va "Million" konsertlariga bolalarga cheklov o‘rnatilishi mumkin

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan Atajanov Jahongir Saparbayevich nomiga berilgan litsenziya amal qilish muddati 2019-yilning 28-may kuni tugaganligi bois, reytingning 2-guruhi bo‘yicha davlat budjetiga yillik 19867540 so‘m miqdoridagi davlat boji to‘lovlarini hamda xonandaning ijodiy guruh a’zolariga ya’ni sozandalariga (jami 7 nafar) litsenziyalari uchun har biriga alohida yillik 8109200 so‘mdan jami 76631940 so‘m miqdoridagi to‘lovlarni (ushbu to‘lov summasi sozandalar sonidan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin) 3 kun muddat ichida to‘lashi kerakligini ma’lum qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, shundan so‘ng uning faoliyati yana qonuniy ravishda davom etaveradi, aks holda uning konsert dasturlari bekor qilinadi.

“O‘zbekkonsert davlat muassasasi hamda rahbariyatining xonandaga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘q va bu masala u bilan tarqalgan bahsli munozaralarga ham aloqador emas”, - deyilgan xabarda.  

Davlat muassasasi xabarida aytilishicha, xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovlar borasida yuzaga kelgan vaziyat xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytishi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

“Bundan tashqari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonanda Jahongir Otajonovga muborak Ro‘zai Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda nojo‘ya xatti-harakatlar bilan san’atkorlar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi masxaromuz videolarni tarqatmasligini so‘raydi. Shu o‘rinda “O‘zbekkonsert” DM barcha xonandalarni ham muassasa bilan ochiq muloqot qilmay turib, ijtimoiy tarmoqlarda turli noo‘rin, nojo‘ya va asossiz gap-so‘zlarni tarqatmasliklari to‘g‘risida ogohlantiradi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0