Dmitriy Medvedev Urganchga keldi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan
Ofitsialniy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

TOShKENT, 30-may - Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Xorazm viloyatiga O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Medvedev kecha O‘zbekistonga tashrif buyurdi va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishga ulgurdi.

Urganch xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov kutib oldi.

Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya o‘tgan yilning oktabr oyida, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari yakuniga ko‘ra tashkil topgan.

Komissiya ishi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ikkiyoqlama harakatlarni muvofiqlashtirib borishdan iborat.

Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

O‘zbekiston va Rossiya hukumati rahbarlari muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik istiqbollari, shuningdek, energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikdagi yirik loyihalarni amalga oshirish borasida muhokamalar olib borishadi.

Yangiliklar lentasi
0