O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda nima to‘sqinlik qilmoqda – ekspert izohi

Obuna bo‘lish
Rossiya Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy qo‘mitasi raisi Kirill Kabanov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda to‘sqinlik qilayotgan omillarni sanab o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da farmonni imzoladi. Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish hisoblanadi. Shuningdek, farmonga asosan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tatbiq etiladi. 

Bundan tashqari, muayan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Rossiyalik ekspert so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston eng yuqori rasmiy darajada ushbu illatni tag-tomiri bilan yo‘qotishga faol kirishdi.

“O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishga bo‘lgan maqsadlarini faqat olqishlash mumkin, lekin ko‘pgina omillar hozircha real natijalarga to‘sqinlik qilmoqda. Bunday mamlakatlar uchun an’anaviy oshna-og‘aynigarchilik modelidan darhol zamonaviy yondashuvga o‘tish juda qiyin. Aslini olganda, mamlakatda biz 2000-yillar boshida Rossiyada kuzatgan jarayonlar rivojlanmoqda: sud va ma’muriy tizimdagi islohotlar, mansabdor shaxslarning javobgarligi va hokazolar. Qozog‘iston bu sohada yaxshi natijalarga erishdi. Shunday qilib, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar tajribasini qo‘llagan holda boy berilganlarni qaytarib olishi osonroq bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas”, - deydi Sputnik᾽ka bergan interyusida Kabanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar allaqachon korrupsiya milliy xavfsizlikka bevosita tahdid solishini anglab yetishgan, shuning uchun bu illatga qarshi kurashish global savdo va boshqa loyihalarda ishtirok etayotgan davlatlarning umumiy vazifasidir.

Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi ish olib borishga to‘xtaladigan bo‘lsak, Kabanov bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Yosh avlod ongiga bu illatning naqadar zararli ekanligi singdirgandan so‘ng korrupsiyaga yanada samarali qarshi kurashish mumkin bo‘ladi.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Kabanov obyasnil, chto meshayet Uzbekistanu v borbe s korrupsiyey
Yangiliklar lentasi
0