Rossiyada fuqaro yangi din yaratdi - bu bilan u nima demoqchi?

© xpalmmMixail Iosilevich
Mixail Iosilevich  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nijniy Novgorodlik fuqaro haydovchilik guvohnomasi uchun boshiga drushlag kiygan va makaron osgan holda suratga tushdi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Nijniy Novgorod shahrida yashovchi Mixail Iosilevich ismli fuqaro haydovchilik guvohnomasiga boshiga drushlag (chovli) va quloqlariga makaron osgan holda suratga tushdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Prazdnovanie Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov AQShda din erkinligi masalalarini muhokama qiladi

Unga haydovchilik guvohnomasi bergan Nijniy Novgorod IIB aytishiga ko‘ra, drushlag va makaronlar Mixailning diniy mansubligini anglatuvchi belgilardir. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra diniy atributlarda suratga tushish ta’qiqlanmaydi. Shuning uchun ham Mixailga hujjat bermaslik uchun ularda hech qanday rasmiy asos bo‘lmagan.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Nijniy Novgorodda haqiqatdan ham “Uchib yuruvchi makaron monstrlari ibodatxonasi” ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu cherkov ustavida uning ruhoniylari “boshlarida chovli va quloqlarida makaron osib yurishlari” kerakligi yozib qo‘yilgan.

Ishonchsizlik tufayli oilani hatto din ham qutqara olmaydi: psixolog ajrashishlar haqida

Mixailning o‘zi aytishiga ko‘ra, bunday surat bilan haydovchilik guvohnomasi olish unchalik qiyin bo‘lmagan. GAIda undan ikkita qo‘shimcha spravka talab qilishgan xolos: diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tganligi va drushlag uning rasmiy bosh kiyimi ekanligi haqida.

Mixail, tashqi ko‘rinishidan hazilkash ko‘rinsada, u aslida ushbu ishlarni juda jiddiy maqsadda amalga oshirmoqda. Uning fikriga ko‘ra, bugungi  kunda jamiyatda diniy qarashlar logikadan ustun qo‘yilayotgani noto‘g‘ridir. O‘z harakatlari bilan Mixail buni isbotlashga qasd qilgan.

Xususan, o‘zining eng so‘nggi postlaridan birida Mixail Rossiya bosh patriarxi Kirill uchun davlat budjetidan 3 milliar rublga rezidensiya qurilayotganini keskin tanqid qilib chiqqan.

“Rossiya qonunchiligida barcha dinlar davlat oldida bir xil deyilgan. Demak Rossiya hukumati bosh Imom, bosh  Ravvin va men bosh Viskariy uchun ham 3 milliardlik rezidensiya qurib berishi kerak. Men esa bunga qarshiman! Ta’lim, meditsina va pensiya uchun pul yetmayotgan vaqtda!!??”, - deb yozadi Mixail.

Hozir “Uchib yuruvchi makaron monstrlari ibodatxonasi”ga a’zo bo‘lishni istaganlar kun sayin ko‘payib bormoqda. Nijniy Novgorodda ularning soni 15 kishidan oshgan.

Bu kabi holatlar dunyo OAVlarida Pastafarianstvo deb ataladi. Ilk bor 2005-yilda AQShning Kanzas shtatida paydo bo‘lgan edi. Bobbi Xenderson ismli fuqaro hukumatning maktablarda majburiy diniy dars kiritishiga qarshi o‘z dinini tashkil qilgan va bu bilan hokimiyat qarorining mantiqsiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan edi.

© http://xpalmm.ru/Xram letayushego makaronnogo monstra
Rossiyada fuqaro yangi din yaratdi - bu bilan u nima demoqchi? - Sputnik O‘zbekiston
Xram letayushego makaronnogo monstra
Yangiliklar lentasi
0