Italiyada ayol hakam qarshisida shortisini yechgan o‘yinchi futboldan chetlashtirildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOfitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18
Ofitsialniy mach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n to‘rt yoshli futbolchi burchak zarbasini amalga oshirayotgan vaqtda 22 yoshli qiz hakam qarshida shortisini yechdi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Italiya futbol federatsiyasi ayol hakam qarshisida shortisini yechgan “Treporti” jamoasining 14 yoshli o‘yinchisini futbol faoliyatidan chetlashtirdi.

Tutto Calcio Catania xabariga ko‘ra, futbolchi surishtiruv ishlari yakuniga yetmaguniga qadar maydonga tushish huquqidan mahrum qilingan. Bundan tashqari, futbolchilarning ota-onalari ayol hakamni haqorat qilganliklari uchun “Treporti” klubi 100 € miqdorida jarimaga tortilgan.

Kuni kecha Italiyaning “Treporti” va “Miraneze” o‘smir jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda janjal yuzaga keldi. 14 yoshli futbolchi burchak zarbasini amalga oshirayotgan vaqtda ayol hakam qarshida shortisini yechdi. Bu ham kamlik qilgandan “Ko‘raylikchi, meni o‘yindan chetlatish uchun jasorating yetarmikan”, deya qichqirgan. Ushbu xatti-harakati sababli o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu esa futbolchilar ota-onalarining g‘azabini qo‘zg‘adi.

O‘yin davomida 20 yaqin “Treporti” o‘yinchilarning ota-onalari hakamni haqorat qilishadi va qizga futbolning o‘rniga fohishalik bilan shug‘ullanishini taklif qilishadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Giulia Aurora Nicastro 🌸 (@nicastro.giulia)

Gazzettino ma’lumotiga qaraganda, mazkur o‘yinga 22 yoshli Juliyu Nikastro hakamlik qilgan. Nikastroga ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0