Shtaynmayer O‘zbekistonga keldi

© Press-slujba prezidenta RUzFederalniy prezident Germanii pribil v Uzbekistan
Federalniy prezident Germanii pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shtaynmayerni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Germaniya Federativ respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston va Germaniya banklari 100 million yevrolik shartnoma imzolashdi

Shtaynmayerni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28-may kuni "Ko‘ksaroy" qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0