TOShKENT, 28-may – Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Dushanbega keldi. U yerda mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muzokaralarning asosiy mavzusi - mamlakatda joylashtirilgan Rossiya harbiy bazasini yangi turdagi qurollar bilan ta’minlash, shuningdek, Tojikiston armiyasini modernizatsiya qilish.
Bugun Tojikiston prezidenti Emomali Rahman Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Rahmon uchrashuvda Rossiya bilan munosabatlar Tojikistonning tashqi siyosatida ustuvor vazifasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tomonlar harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari, shu sohalarga holat va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilishdi.