“Tariximiz kuylasin hofiz”: Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyodan yangi tarona – video

Obuna bo‘lish
O‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova tojikistonlik mashhur xonanda Shabnami Surayyo bilan ajoyib duet kuyladi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda “Taralla Dalli” nomli qo‘shiq ijod qilishdi. Ushbu quvonchli xabar bilan Shabnami Surayyo o‘zining Instagram᾽dagi sahifasida o‘rtoqlashdi.

“O‘zbek estradasi qirolichasi va primadonnasi, hurmatli @yulduzibragimovnausmonova bilan uzoq kutilgan duet. Bunday ajoyib ijodkor shaxs bilan qo‘shiq kuylash men uchun sharaf”, - deya yozgan Shabnam.

Qo‘shiq maromiga yetkazib kuylagan. Ikki tilda ijro etilgan tarona barchaga birdek manzur bo‘ldi. Foydalanuvchilar o‘zlarining ijobiy izohlarini yozib qoldirishmoqda.

“Duetligini bilmagan odam qo‘shiqni ikki tilda bir kishi ijro etapti deb o‘ylaydi, menimcha. Negaki ovozlari bir-birlariga rossa ham mos tushgan. Gap yo‘q, zo‘r chiqibdi. Omad hamdo‘stlikka”, - deya yozgan muxlislardan biri.

Avvalroq tojikistonlik xonanda Shabnami Surayyo Zohirshox Jo‘rayev konsertida ishtirok etib, u bilan qo‘shiq kuylagan edi.

Yangiliklar lentasi
0