Peruda Masxarabozlar kuni qanday nishonlandi

Obuna bo‘lish
O‘tgan shanba kuni Peru poytaxti Lima haqiqiy sirkka aylandi, shahar ko‘chalari bo‘ylab minglab masxarabozlar namoyishga chiqishdi.

Peru poytaxti Limada dunyodagi eng yirik masxarabozlar paradi bo‘lib o‘tdi. Rangba-rang liboslar kiygan, yuzini bo‘yab olgan ming-minglab kishilar Lima ko‘chalarini to‘ldirib yuborishdi. Qisqasi poytaxt – ulkan sirkka aylandi.

Peruda har yil 25-may kuni masxarabozlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun Peruda “kambag‘allar masxarabozi” nomini olgan Xose Alvarese Velese xotirasiga bag‘ishlangan.

Xose Alvares Veles Peruning kambag‘al rayonlarida konsertlar bergan va tushgan pullardan eng kambag‘al kishilarga yordam bergan. Xose Alvares Veles 1987-yil 25-mayda vafot etgan. Limada Masxarabozlar kuni ilk bor 2006-yilda nishonlangan.

Yangiliklar lentasi
0