TOShKENT, 27-may – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 28-maydan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 24,99 so‘mga ko‘tarilib, 8 485,91 so‘m tashkil qildi.
Yevro ham 66,92 so‘mga ko‘tarildi va 9 505,92 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,46 so‘mga oshdi va 131,52 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.