O‘zbek gilosi birinchi marta London do‘konlarida sotilmoqda

© IA "Jaxon"Uzbekskaya chereshnya vpervie okazalas na prilavkax Londona
Uzbekskaya chereshnya vpervie okazalas na prilavkax Londona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek gilosi sertifikatsiya bo‘yicha barcha protseduralarni o‘tdi va yaqinda anor, piyoz, bodring va turli qurutilgan mevalar eksport qilish bo‘yicha rejalar bor.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. London savdo rastalarida ilk bor Namagan viloyatida yetishtirilgan gilos paydo bo‘ldi.

Urojay chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib dunyoda 4-o‘ringa ko‘tarildi

Gilos eng yirik Western International Market bozorida sotilmoqda.

“Bugun – tarixiy kun. Tarixda birinchi marta o‘zbek gilosi Britaniya bozoriga yetkazildi. O‘zbekiston – ajoyib mamlakat, biz bir necha oy avval Buyuk Britaniya bozoriga o‘zbek meva-savzavotlarini eksport qilishga qaror qildik. Men O‘zbekiston ko‘plab viloyatlari, xususan Qashqadaryo viloyat Kitob tumani va Namangan viloyati tashrif buyurdim. Men katta eksport salohiyatini ko‘rdim va bu masala bo‘yicha ishlashga qaror qildim”, - deb ta’kiladi AKS Services Group bosh direktori Vais Kais.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyada import uchun joriy etilgan sertifikatsiya, sanitariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha barcha protseduralarni o‘tdi.

Kais kelgusida O‘zbekiston meva-sabzavotlarning eksport hajmi yanada ko‘paytiriladi. Yaqin vaqtlarda anor, piyoz, bodring va turli qurutilgan mevalar eksport qilish bo‘yicha rejalar bor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil iyul oyida Xitoyning Urumchi shahriga o‘zbek gilosi eksport qilingandi.

2019 yil fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH va Boltiq mamlakatlari orqali Yevropa va AQShga meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha “yashil yo‘laklarni” yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil yakuni bo‘yicha yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni eksport hajmi 37,6 foizga 874,5 million dollargacha ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0