Mudofaa harbiylari va DXX Buxoroda "garovga olinganlarni" ozod qildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Buxare sotrudniki ekstrennix slujb otrabotali deystviya pri ChP na strategicheskix obyektax
V Buxare sotrudniki ekstrennix slujb otrabotali deystviya pri ChP na strategicheskix obyektax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlar erta tongda to‘satdan chegara oldi hududlarida boshlandi. Shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to‘dasi to‘planayotgani, ularning maqsadi bir necha o‘ta muhim obyektlarda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish ekani ma’lum bo‘lgan edi.

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Buxorodagi o‘ta muhim obyektlarda shartli dushmanni qo‘lga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

"Ushbu majmuaviy maxsus-taktik mashg‘ulotlar hamkorlikdagi qurolli kuchlar tuzilmalari harakatlarini muvofiqlashtirish, mobil bo‘linmalarning o‘ta muhim obyektlarga yetib borish vaqtlarini qisqartirish, turli ko‘rinishdagi noqonuniy tajovuzlarni oldini olish, tabiiy va texnogen ofatlar ro‘y berganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida o‘tkazildi", - deyiladi xabarda.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Buxare proshli ucheniya na strategicheskix obyektax
Mudofaa harbiylari va DXX Buxoroda garovga olinganlarni ozod qildi - Sputnik O‘zbekiston
V Buxare proshli ucheniya na strategicheskix obyektax

Mashg‘ulotlar erta tongda to‘satdan chegara oldi hududlarida shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to‘dasi to‘planayotganligi, ularning maqsadi bir necha o‘ta muhim obyektlarda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish ekanligi ma’lum bo‘lgach, mavjud obyektlarda qo‘riqlashni kuchaytirilgan rejimga o‘tkazishdan boshlandi.

Majmuaviy maxsus-taktik o‘quvlarda ishtirok etayotgan hamkorlikdagi bo‘linmalar hududlarga tezkorlik bilan yetib bordi va shartli dushmanning ehtimoliy harakatlanish yo‘nalishida pozitsiyalar egalladi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Buxare proshli spetsialnie ucheniya po zashite strategicheskix obyektov
Mudofaa harbiylari va DXX Buxoroda garovga olinganlarni ozod qildi - Sputnik O‘zbekiston
V Buxare proshli spetsialnie ucheniya po zashite strategicheskix obyektov

Shundan so‘ng, maxsus-taktik o‘quvlarning asosiy fazasi boshlandi. Birinchi o‘quv joyida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari maxsus bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari tomonidan shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarni qidirib topish, qurshab olish va yakson qilish bo‘yicha hamkorlikdagi operatsiya namoyish etildi.

Sovmestnie voyennie ucheniya zavershilis v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda O‘zbekiston va Belarus harbiylari harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi

Umumiy xisobda 20—30 nafar "dushman" guruhlari ikkiga bo‘lingan holda davlat chegarasini buzib, mamlakat ichkarisiga o‘tishga uringanida hamkorlikdagi bo‘linmalar tomonidan har tomondan qurshovga olindi. Vertolot aviatsiyasi yordamida yetib kelgan maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari esa ularni "yakson etishga kirishdi".

Harbiy xizmatchilarning uyushqoqlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida "jangarilar" batamom yo‘q qilindi. Portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobil ham zararsizlantirildi.

Undan keyingi harakatlar davomida o‘ta muhim obyektlar atrofidagi aholi yashash punktida "garovga olinganlarni" ozod qilish operatsiyasi Mudofaa, Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda amalga oshirildi.  

Ko‘rgazmali taktik mashg‘ulotning so‘nggi epizodi shartiga ko‘ra, shartli dushmanlar tomonidan O‘zbekiston uchun o‘ta muhim sanalgan ko‘prik egallanib, minalashtirilgan. Ko‘prikni minalardan tozalash uchun saporlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining g‘avvoslari jalb etildi.

Tegishli vazirlik va idoralar kuch tuzilmalari bilan xamkorlikda  tashkil etilgan maxsus-taktik o‘quvlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamda Qandim gazni qayta ishlash zavodi mutasaddilari tomonidan mashg‘ulotda faol qatnashgan harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0