Afg‘oniston bosh vazirining maslahatchisi o‘ldirib ketildi

© REUTERS / Omar SobhaniAfganskiy politseyskiy
Afganskiy politseyskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni bir guruh qurollangan noma’lum shaxslar Nur Muhammad Arabga hujum qilishgan.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Afg‘oniston bosh vazirining maslahatchisi Nur Muhammad Arab noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan mamlakat shimolida joylashgan Qunduz shahrida o‘ldirib ketildi.

RIA Novostining ma’lum qilishicha, bu haqda mahalliy amaldorlarga tayangan holda Ariana News telekanali xabar bergan.

​Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni bir guruh qurollangan noma’lum shaxslar Nur Muhammad Arabga hujum qilishgan. Otishma chog‘ida uning tansoqchilaridan biri jarohatlangan.

Voqeaga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0