O‘zbekistonning qaysi regionida ishsizlik darajasi yuqori - Kudbiyev hisoboti

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazir hisobotiga ko‘ra, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.

TOShKENT, 25-may - Sputnik. O‘zbekistonda eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan, deb hisobot qilgan Oliy Majlisda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi

Vazir o‘z hisobotida hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (o‘sish - 1,0%)ni, band aholi soni – 13 376 ming (o‘sish - 1,3%)ni tashkil etishini aytgan.

Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 mingkishini tashkil etib (o‘sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%nitashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.

Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 %ni tashkil etdi (o‘tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida – 15,3 %, ayollar orasida – 13 %.

Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.

Hisobot doirasida O‘zbekiston mehnat bozorining holati, ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ilk bor joriy qilingan davlat buyurtmasi mexanizmi, mehnat migratsiyasi, kasbga o‘qitish va tayyorlash, mehnat bozoridagi faol siyosatni moliyalashtirish va xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga doir so‘nggi uch-to‘rt oyda amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy yoritilgan.

Yangiliklar lentasi
0