O‘zbekiston fuqarolari Mordoviyada YTHga uchradi, ikki nafari halok bo‘lgan

© Sputnik / Pavel Lvov Avariya
Avariya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ikki nafari jarohatlangan.

TOShKENT, 25-may - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Mordoviyada o‘zbekistonliklar YTHga uchragani haqida xabar berdi.

Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistondagi YTH tafsilotlari: 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 25-may kuni Mordoviya Respublikasi (Rossiya) hududidan o‘tadigan M5 “Ural” trassasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi ketayotgan "Spark" avtomobili yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish qismiga o‘tib ketib qarshisidan kelayotgan yuk mashinasiga urilib ketgan.

Natijada haydovchi Dadaxonov Nosirjon (1961-yilda tug‘ilgan), va yo‘lovchi Jamoliddinov Dilshodbek (1991-y.da tug‘ilgan), olingan jarohatdan voqea joyida vafot etgan.

Fuqarolar Qodirov Abdug‘affor (1969-y.da tug‘ilgan), va Xoliqov Abdiqodir (1969-y.da tug‘ilgan), Zubova Polyana tuman shifoxonasiga jarohat bilan yotqizilgan.

Ularning holati, tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir barqaror.

Bosh konsulxona tomonidan mahalliy hukumat organlari bilan aloqa o‘rnatilgan va vaziyat nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.

Yangiliklar lentasi
0