O‘zbekistonda fan doktorlari maoshi 60 foizga oshiriladi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

TOShKENT, 24-may - Sputnik. O‘zbekistonda joriy yil 1-sentabrdan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foizga oshiriladi.

“Prezident joriy yil 1-sentabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi” – deyiladi davlat rahbari saytida.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ish haqi va pensiya miqdorini aniqlash tartibiga doir hujjatni imzoladi

Shuningdek, prezident Talabalar shaharchasi hududida professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar uchun 6 ta ko‘p qavatli uy va barcha sharoitlarga ega universal sport majmuasi qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Shaharchada Yoshlar bog‘i, yozgi tomoshalar maydonchasi, “kitob-kafe”lar, Wi-Fi zonalarini tashkil etish va obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv chog‘ida izlanuvchan olimlarni rag‘batlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, budjet mablag‘lari hisobidan stajor-tadqiqotchilar institutini hamda yurtimiz biologik xilma-xilligini o‘rganadigan dala-tajriba stansiyalari tashkil etish muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ilmiy xodimlarning oylik maoshlari o‘tgan yil 1-sentabrdan o‘rtacha 25 foizga, joriy yil 1-yanvardan 20 foizga oshirilgan edi. Joriy yilning 1-iyuldan esa yana 25 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0