Vladivostokda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” katta janjalga sabab bo‘ldi - video

© Sputnik / Evgeny Epanchintsev / Mediabankka o‘tishVipusknisi delayut selfi
Vipusknisi delayut selfi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Video internetga tushgandan so‘ng maktab direktori ishdan bo‘shatish haqida ariza yozdi.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. Vladivostokda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini nishonlash tasvirga olingan video internetda paydo bo‘ldi.

Voqeadan keyin maktab direktori ishdan bo‘shatish haqida ariza yozdi.

Maktab o‘quvchilari turli liboslarda, xususan juda ochiq libos kiyganlar ham bor. Yosh qizlar politsiya formasini kiygan bo‘lsa, yigitlar PlayBoy quyon obrazida tomosha ko‘rsatdi.

Bitiruvchilar turli buyoqlar, mushak, yong‘in uchirish qurilmasidan foydalandi.

Ichki ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan, xususan maktab o‘quvchilariga politsiya formasi qanday qilib tushib qolganini aniqlash maqsadida tekshiruvni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2018-2019 o‘quv yilini yakunlash va "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar bergani haqida xabar bergandik.

25 may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri respublikadagi barcha maktablarda ertalab soat 8:00da boshlanib 9:00 da tugatiladi.

Tadbirni “Mening maktabim – mening uyim” shiori ostida tashkil etish haqida alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0