Aerokosmik va internet laboratoriyalar: Mirziyoyev Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev 24-may kuni Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Talabalar shaharchasi mamlakatdagi yirik ta’lim va ilm-fan maskanidir. Bu yerda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, kollej va litseylar, sport majmualari joylashgan. Ikki universitetda qariyb 25 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Aerokosmik va internet laboratoriyalar: Mirziyoyev Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

Prezident tashabbusi bilan shaharcha hududining boshlanishida, “Beruniy” metro bekati yonida Beruniy maydoni barpo etildi. Davlat rahbari ushbu majmuani ko‘zdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 2-dekabr kuni Talabalar shaharchasiga tashrif buyurib, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun bino qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Aerokosmik va internet laboratoriyalar: Mirziyoyev Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

Shunga muvofiq bu yerda besh qavatli zamonaviy bino bunyod etilmoqda. Vazirlikda iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion ehtiyojlarini o‘rganish, yoshlar innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Yangi ishlanma va texnologiyalar namoyishi, startap loyihalar iqtidorli yoshlarda ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. 

Binoning birinchi qavatida kutubxona, amfiteatr, xoll, ko‘rgazmalar zali joylashadi. Yuqori qavatlarda kovorking va startap hududlar, internet laboratoriyalar, anjuman zallari bo‘ladi. Aerokosmik laboratoriya, ustaxona, reklama agentligi ham tashkil etiladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Aerokosmik va internet laboratoriyalar: Mirziyoyev Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

“Vazirlikni bejiz Talabalar shaharchasiga joylashtirmadik. Bu yerdagi oliy o‘quv yurtlarida minglab iqtidorli yoshlar, tadqiqotchilar, olimlar bor. Ularni jalb etib, qo‘llab-quvvatlab, har bir sohada yangilik yaratish kerak. Innovatsion rivojlanish vazirligi bu borada ilmiy markaz, baza bo‘lishi zarur,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0