Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri migrantlar sonini oshirishni taklif etdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik sifatli migratsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi

TOShKENT, 24-may - Sputnik. RF Iqtisodiy rivojlantirish vaziri Maksim Oreshkin Rossiya ishsizlik darajasini pasaytirish va sifatli migratsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni ko‘rishi lozimligi haqida bayonot qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Putin Qirg‘iziston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi" muddatini uzaytirdi

Oreshkin, iqtisodiy o‘sish darajasini mehnat bozoridagi o‘zgarishlar evaziga tezlashtirish lozimligini qayd etgan.

Vazir Rossiyaning mehnatga layoqatli aholisi soni 2018-yil davomida 900 mingga kamayganiga e’tibor qaratgan.

"Bu iqtisodiy faollikni to‘xtatib turadigan jiddiy omildir, shu bois bir tomondan ishsizlik darajasini pasaytirish, ikkinchi tomondan migratsiya oqimini kuchaytirish bo‘yicha choralarning hayotga tatbiq etilishi - umumiy harakatlar paketining muhim elementlaridan biri bo‘ladi", - deb aytgan Oreshkin.

U shuningdek, vazirlik sifatli migratsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqqanini qayd etgan.

Oreshkinga ko‘ra, Rossiya ko‘pam foyda keltirmaydigan, ko‘p ish talab etadigan ishlab-chiqarishdan voz kechmog‘i, buning o‘rniga birinchi galda talab katta bo‘lgan qo‘shni davlatlardan nisbatan arzon ishchi kuchini jalb qilmog‘i kerak.

Bundan tashqari, Rossiya o‘z bozorini kengaytirishi lozim. "Bu Rossiya Belarus, YeOII, MDH va albatta, butun dunyo bo‘ylab boshqa davlatlar va birlashmalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni ko‘zda tutadi", - deya qo‘shimcha qilgan Oreshkin.

Yangiliklar lentasi
0