Erkinjon Turdimov Ishtixonda yuz bergan qotillik haqida: bu barchamiz uchun sharmandali holat

© e_turdimovErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh bosqinchi 15-mayga o‘tar kechasi Ishtixondagi xonadonlarning biriga kirib, uyquda bo‘lgan uy egalarini temir bo‘laklari bilan bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan va xonadondan 22 million so‘m va “Samsung Galaxy A8” rusumli telefonni olib chiqib ketganlar

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida sodir etilgan qotillik jinoyati bo‘yicha gumon qilinuvchilar ushlangach, mazkur hodisa ushbu qishloq ahli hamda tuman jamoatchiligi ishtirokida muhokama qilindi. Tadbirda viloyat hokimi ishtirok etdi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ushbu mudhish qotillik haqida gapirar ekan, "bu voqelik barchamiz uchun sharmandali holat, to‘rt nafar yosh yigitlarning pul ilinjida besh kishining qotiliga aylanishi tasavvur qilish qiyin bo‘lgan holat", deya ta’kidlagan.

"Odam bolasining shunchalik vahshiylikka borishini xayolga keltirishning o‘zi dahshat. Buning ildizi, avvalo, odamlarning bir-biriga befarqligi, atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga e’tiborsizligiga borib taqalmoqda. Seng menga tegma, menga senga tegmayman, degan qarash mana, nima oqibatga olib keldi. Axir Chimqo‘rg‘onda ham mahalla bor, oqsoqollar bor. Profilaktika inspektori, uning yordamchisi faoliyat ko‘rsatadi. Nahotki, mahallada hech kim odamlarning bir-biriga bunday munosabati shakllanganini sezmagan? Bu faqat chimqo‘rg‘onliklar uchun emas, butun Ishtixon tumani aholisi, barchamiz uchun achchiq saboq bo‘lishi kerak", - degan hokim va bunday og‘ir jinoyatlarga qarshi birgalikda kurash, joylarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Turdimov shuningdek, jinoyatni sodir etganlar qonunda belgilangan jazosini olishini, bu bu jinoyat Chimqo‘rg‘ondagi muhitga, odamlarning munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi, aksincha odamlarni jipslashtirishi, ogoh va hushorlikka da’vat etishi lozimligini ta’kidlagan.

Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi vahshiylarcha o‘ldirildi – Bosh prokuratura

Uchrashuvda viloyat prokurori, Ishtixon tumani hokimi, Chimqo‘rg‘on qishlog‘i oqsoqollari va tuman faollari so‘zga chiqib, aholini jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishga hamda atrofdagi voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chaqirganlar.

Eslatib o‘tamiz, viloyat ichki ishlar bo‘limiga 15-may kuni Qo‘shrabot tumani Boqichig‘atoy mahallasi hududidagi "Oltin-meros" fermer xo‘jaligi yer maydonida qarovsiz qoldirilgan "Damas" mashinasi ichida bir nechta shaxslarning jasadlari tashlab ketilganligi haqida xabar kelib tushgan.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida avtomashina Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 31 yoshli I.J.ga tegishli ekanligi, mashina ichida esa I.J. hamda uning oila a’zolari – 1969-yilda tug‘ilgan otasi A.X., 1974-yilda tug‘ilgan onasi X.Z., ukalari – 2002-yilda tug‘ilgan I.A. va 2006-yilda tug‘ilgan I.O.ning jasadlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar idoralari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyatni keltirib chiqargan sabab va omillar o‘rganilgan, qotillarni topish yuzasidan qishloq aholisi, hududga yaqin mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilgan.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘kada yetti niqobli bosqinchi bir oilaning pullari va mashinasini olib ketdi

Uch kun tunu kun olib borilgan harakatlar natijasida ushbu qotillik jinoyati fosh etilgan. Jinoyatni Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan T.G‘., 1995-yilda tug‘ilgan E.Sh., 1993-yilda tug‘ilgan U.J. va Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan N.X. sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ular ushlangan.

Gumon qilinuvchilarning iqrorlik ko‘rsatuvlari, hodisa joyida o‘tkazilgan tekshirish tergov harakatlarida ma’lum bo‘lishicha, ular bu jinoyatni ushbu xonadondan pul va boshqa qimmatli ashyolarni o‘g‘irlash niyatida amalga oshirgan. Buning uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rgan.

Joriy yilning 14-mayidan 15-mayga o‘tar kechasi marhum A.X.ning xonadoniga yashirincha kirib, oila a’zolarining uxlab yotganligidan foydalanib, o‘zlari bilan olib kelgan temir bo‘laklari bilan ularining bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, xonadondan 22 million so‘m va "Samsung Galaxy A8" rusumli telefonni qo‘lga kiritishgan.

Shundan so‘ng, ular jinoyat izlarini yashirish maqsadida marhum J.I.ga tegishli "Damas" rusumli avtomashinaga jasadlarni yuklab, avtomashinani Qo‘shrabot tumanidagi Boqichig‘atoy qishlog‘idagi dalaga tashlab ketgan.

Yangiliklar lentasi
0