Ekspertning ta’kidiga ko‘ra, tojik-afg‘on chegarasi ODKBning alohida nazoratida bo‘ladi.
"Bu yerda gap narkotrafik, noqonuniy migratsiya, terrorizm haqida bormoqda. Chunki Afg‘oniston hududida jangovar harakatlar davom etmoqda", - dedi Viborniy.
Lekin ODKB Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish uchun barcha imkoniyatdan foydalanmoqda. ODKB vazifalaridan biri mudofaa harakatlaridan "o‘tib tushadigan" choralar majmuini ishlab chiqishdan iborat. Bu yerda jahonda yuz berayotgan hodisa va faktlarga tezkorlik bilan hamda samarali munosabat bildirish muhim. Misol uchun, fuqarolarning terroristik tashkilotlarga jalb etilishi muammosiga.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda tezkor ta’sir ko‘rsatish va boshqa bo‘linmalar ishtirokida oltita hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ulardan uchtasi Rossiyada, ikkitasi - Tojikistonda va bittasi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi. Harbiy mashg‘ulotlardan tashqari, profilaktik chora-tadbirlarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, "Kanal" deb nomlangan narkotiklarga qarshi operatsiya o‘tkaziladi.