Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi

© Team80 MotorsportRAVON racing team
RAVON racing team - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil qilingan RAVON Racing Team jamoasi Rossiya Halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritib barchani hayron qoldirdi.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. “RAVON Racing Team”  19-20 may kunlari Bogordsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod halqasi” poyga yo‘lida bo‘lib o‘tgan Rossiya Halqa chempionatining navbatdagi bosqichida g‘alaba qozondi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

© Zumrad PressRAVON racing team
Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
RAVON racing team

Poygada maxsus tayyorlangan ikkita Ravon Nexia R3 avtomobillari ishtirok etdi. Yangi avtomobil va oldin katta muvaffaqiyatlarga erishmagan poygachining ushbu g‘alabasi haqiqiy sensatsiya bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Axir uning raqiblari o‘ta kuchli jamoalar edi-da: “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport”.

© Zumrad PressRAVON racing team
Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
RAVON racing team

Ushbu g‘alabaning e’tiborli tomoni shundaki, poygaga endi kirib kelgan yangi jamoa va mashhur bo‘lmagan poygachi - Yefim Gantmaxer “Turing layt” klassining yetakchisi, tajribali poygachi, 5 marotaba Rossiya chempioni - Vladimir Cherevandan g‘alabani yulib oldi. Buni jamoaning qisqa vaqt ichidi erishilgan katta yutug‘i deb e’tirof etish mumkin.

© Zumrad PressRAVON racing team
Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
RAVON racing team

“RAVON Racing Team”  avtomobillarini Samara shahrida joylashgan “TEAM80 Motorsport Engineering”  injenerlari tomonidan tayyorlandi. Erishilgan natijalar avtomobillar juda yaxshi tayyorlanganini namoyish qildi.

Poyga qanday o‘tganini quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0