Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi jinoyat sodir etishda ayblanmoqda

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyat sudi raisi fevral oyida qo‘l ostida ishlovchi xodimini ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkilagani xabar qilingan edi.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Navoiy viloyat ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi raisi Otabek Toshevga oid ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan ma’lumotlar yuzasidan Oliy sud rasmiy bayonot berdi.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Navoiyda sudya qo‘l ostidagi xodimni kaltakladi

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining shu yil 20-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi O.Toshevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnoma ma’qullangan.

Otabek Toshev O‘zbekiston JKning  206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda sudyaga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyat sudi raisi fevral oyida qo‘l ostida ishlovchi xodimini ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkilagani xabar qilingan edi. Bu ma’lumotni Sputnik O‘zbekiston agentligiga Bosh prokuratura tasdiqlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0