Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovGlava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Glava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbatda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, sanoat, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda yetakchi korxonalar va ishbilarmonlar darajasida kooperatsiyani kuchaytirishga qaratildi.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani hamda ularni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Nazarbayev nagradil Alishera Usmanova ordenom Dostik - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Alisher Usmonovni  “Dostiq” ordeni bilan mukofotladi

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, aniq amaliy mazmun bilan boyigani alohida ta’kidlangan.

Joriy yil aprel oyida Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi samarali bo‘lgani, bu Elboshi tashqi siyosati bardavomligini yana bir bor namoyish etgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Suhbatda Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, sanoat, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda yetakchi korxonalar va ishbilarmonlar darajasida kooperatsiyani kuchaytirishga qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan qutladi

Xabarda o‘zaro savdo hajmi izchil ortib borayotgani va uning tarkibi diversifikatsiya qilinayotgani ijobiy baholangani va 2018-yilda tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshgani, yaqin vaqtda bu ko‘rsatkichni kamida 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi turgani qayd etilgan.

Muloqot so‘ngida Shavkat Mirziyoyev va Nursultan Nazarboyev O‘zbekiston va Qozog‘iston qardosh xalqlarining farovonligi, Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyoti yo‘lida strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga o‘zaro intilish qat’iy ekanini yana bir bor ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0