TOShKENT, 23-may – Sputnik. Nur-Sultonda 24-26 may kunlari bodibilding bo‘yicha birinchi Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
Sputnik Qozog‘iston yozishicha, xalqaro musobaqani o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada oltita - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘onistondan sportchilar qatnashadi. Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq sportchi dastlabki buyurtmalarini berdi.
Musobaqa sovrinlari oltita toifa bo‘linib, ularda o‘smirlar, katta yoshdagilar, erkak va ayollar qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Chempionat Xalqaro bodibilding federatsiyasi (IFBB) qoidalari talablari asosida o‘tkaziladi. Final bosqichiga har bir toifadan eng yaxshi 6 sportchi chiqadi.