Dunyoning eng go‘zal ayollari: podiumda va hayotda
Dunyoning eng go‘zal ayollari: podiumda va hayotda
Sputnik O‘zbekiston
Go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan ayollar hozir qanday ko‘rinishga ega va nima bilan shug‘ullanishmoqda? Sputnik O‘zbekiston shu haqda fotolavha tayyorladi. 23.05.2019, Sputnik O‘zbekiston
Go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan ayollar hozir qanday ko‘rinishga ega va nima bilan shug‘ullanishmoqda? Sputnik O‘zbekiston shu haqda fotolavha tayyorladi.
Aytgancha, go‘zallik tanlovlari bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi va allaqachon zamonamizning eng asosiy madaniy voqeasiga aylangan.
Azra Akin – "Dunyo go‘zali – 2002" hozirda mashhur emas. Sohibjamol turmushga chiqib, farzandlari dunyoga kelgach, bor bo‘sh vaqtini oilasiga bag‘ishlashga qaror qilgan.
"Koinot go‘zali 2005" Natalya Glebova hozirgi kunda Kanadada yashaydi, kitob yozadi. Aytgancha, uning oxirgi kitobi Kanadada bestsellerga aylangan. Sohibjamol sog‘lom turmush tarzi tarafdori - yoga bilan muntazam shug‘ullanadi.
2008 yilda "Dunyo go‘zali" bo‘lgan Kseniya Suxinova esa - model va teleboshlovchi, Moskvaning Barvixasida o‘tadigan yopiq tadbirlarda faxrli mehmon sifatida ko‘p qatnashadi, bloger sifatida shuhrat qozongan.
Yuy Vensya – "Dunyo go‘zali - 2012" tanlovi g‘olibasi. Boshqa go‘zallarga qaraganda, ijtimoiy tarmoqda muxlislari soni kam. Yuy oddiy hayot kechiradi - sayohat qilishni yaxshi ko‘radi, ishlaydi va sport bilan shug‘ullanadi.
Oliviya Kalpo – "Koinot go‘zali – 2012" - haqiqiy selebriti. AQShda restoranga, liboslar brendiga va butun dunyo bo‘ylab 4 milliondan ortiq fanatlarga ega.
Gabriyela Isler – "Koinot go‘zali - 2013" g‘olibasi. Choose You harakati asoschisi, motivatsiya bo‘yicha notiq. Sohibjamol butun dunyoni kezib, sog‘lom ovqatlanish va yaxshi yashash sirlari haqida hikoya qilgan.
Paulina Vega - 2014-yilda "Koinot go‘zali" unvonini olgan. Teleboshlovchi, aktrisa va model. Instagramda 5 millionga yaqin kuzatuvchilarga va son-sanoqsiz muxlislarga ega.
Rolin Shtraus – "Dunyo go‘zali – 2014" - kasbi shifokor va bugungi kunda turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari bilan Fransiyada istiqomat qiladi, ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilariga sog‘lom hayot tarzi haqida hikoya qilib boradi.
Mireya Lalaguna – 2015-yilda "Dunyo go‘zali" unvoniga sazovor bo‘lgan. Hozir Ispaniyada istiqomat qiladi. Model, aktrisa, sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. U o‘z hayotini Instagram da yoritib boradi.