TOShKENT, 23-may - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’fosi to‘g‘risidagi petitsiya 25 mingdan ziyod ovoz to‘pladi. Petitsiya davlat rahbari saytida ro‘yxatga olingan.
Buning o‘zi davlat rahbari ushbu hujjatni ko‘rib chiqishi uchun kifoya qiladi.
Petitsiya mualliflari Zelenskiyni aniq bir va’da va siyosiy ko‘rsatmalar bermasdan, noroziliklarni birlashtirganlikda ayblashgan. Shuningdek, u prezident etib saylangan so‘ng aniq bir yo‘l va yo‘nalishga ega emasligini bayon qilishgan.
Petitsiya mualliflariga ko‘ra, yangi davlat rahbarini aslida 73 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy iste’fosi to‘g‘risidagi petitsiya chorshanba kuni paydo bo‘ldi va bir sutka ichida uni 25 ziyod kishi imzolashga ulgurdi. Ayni damda petitsiya qariyb 30 ming ovoz to‘plagan.
Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanini rasman e’lon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘pladi. Amaldagi prezident Potr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini to‘plab, mag‘lubiyatga uchradi.
20 may kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi.