TOShKENT, 23-may - Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainaga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
"Ukrainaga R4 va R2 modelidagi avtomobillar eksport qilinadi", - deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirdi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2019-yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan, shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyada ushbu sohadagi faoliyatni jadallashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.