TOShKENT, 22-may - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga prezident qarorgohi binosidagi prezidentlik kursisi ma’qul bo‘lmadi.
Shundan so‘ng Ukraina yetakchisi o‘zining prezident qarorgohi binosidan boshqa joyga ko‘chib o‘tish istagi borligini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘lgani xabar qilingan edi. Bunga Zelenskiyning Qrimni Kiyev nazorati ostiga qaytarilishi haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.