Yil boshidan buyon aholi yalpi daromadi 123 %ga oshdi – Moliya vazirligi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishProdavshitsa slojila produkti v polietilenoviy paket
Prodavshitsa slojila produkti v polietilenoviy paket - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi yalpi daromadi 123 %ga, real daromadi esa 108 %ga oshdi, deyilgan Moliya vazirligi hisobotida.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. 2019-yilning 1 choragida aholi daromadi oshdi, deb xabar qilindi Oliy Majlisda bo‘lib o‘tgan Xalq – Demokratik partiyasi majlisida.

Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, 2019 yilning 1 choragida aholdi daromadi miqdori 64,9 trillion so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 123,1 %ga ko‘p. Lekin iste’mol narxlarining o‘sishini ham hisobga olganda, aholining real daromadlari o‘sishi miqdori 108,6 %ni tashkil qilganini ko‘rish mumkin, - deyilgan xabarda.

Oliy Majlisda kengashida, shuningdek, davlat budjetini bajarish, investitsiyalar jalb qilish va aholi  farovonlik darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Undan tashqari so‘nggi yillarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash miqdori oshgani ham qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0