Trampni devor kostumini kiygan miting ishtirokchisi hayratda qoldirdi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPress-konferensiya prezidenta SShA D. Trampa na sammite NATO
Press-konferensiya prezidenta SShA D. Trampa na sammite NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Meksika bilan chegarada devor qurish Trampning asosiy saylovoldi va’dalaridan biridir.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Trampni Pensilvaniya shtatidagi mitingga g‘isht devori kostumini kiygan ishtirokchi hayratda qoldirdi. Bu haqda Fox News xabar qildi.

Prezident SShA Donald Tramp v Biloksi, shtat Missisipi - Sputnik O‘zbekiston
Tramp tanga tashlashi internet foydanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi

Qayd etilishicha, nutq so‘zlayotgan Tramp o‘zgacha kostum kiygan erkakni ko‘rib qolib, undan sahnaga chiqishini so‘raydi. Miting ishtirokchilarining gulduros qarsaklari ostida uning qo‘lini siqadi.

“Bu yigitga qarang-a! Endi biz u kimga ovoz berishini bilamiz”, - deya hazil qildi Tramp.

Videoda g‘isht devori surati bo‘lgan bo‘yinbog‘ va kostum kiygan erkakni ko‘rish mumkin. Shuningdek, uning qo‘lida “Meni qurgin”, degan yozuvi bor taxtacha ham bor.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Team Trump (@teamtrumpofficial)

Qayd etish joizki, Meksika bilan chegarada devor qurish Trampning asosiy saylovoldi va’dalaridan biridir.

Yangiliklar lentasi
0