Rossiyada Ravon avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Moskovskiy Mejdunarodniy avtomobilniy salon 2016
Moskovskiy Mejdunarodniy avtomobilniy salon 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karachayevo-Cherkesiyada hozirgi kunda ishlamayotgan zavodda Ravon avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Ikkinchi yarim yillikda Karachayevo-Cherkesiyadagi ishlamayotgan “Derveys” zavodda Ravon avtomobillarini yig‘ish ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda respublika rahbari Rashid Temrezov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Prototip dlya dorojnix testov dvigateley elektromobilya Zetta - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ishlab chiqarilgan Zetta elektromobil narxi ma’lum bo‘ldi

Bundan avval zavodda Xitoyning Lifan va Chery avtomobillari yig‘ilgan. Biroq fevralda ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

“Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy hamkorlik doirasida qo‘shma istiqbolli loyihalar tasdiqlangan. Ular ichida "Derveys" loyihasi ham kiritilgan. Hozirgi vaqtda "Derveys"  ishlab chiqarish sertifikatsiya jarayonidan o‘tmoqda”, - dedi Temrezov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi yarim yillikda zavodda Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni boshlash rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0