Italiyada rossiyalik turistlar avtobusi YTHga uchradi – qurbonlar bor

© Twitter / @emergenzavvf DTP s uchastiyem avtobusa v Italii
 DTP s uchastiyem avtobusa v Italii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyaning Siyena provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketdi. Avtobusda jami 60 kishi bo‘lganligi aytilmoqda.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Italiyaning Siyena provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy politsiya ma’lumotlariga asoslanib xabar qildi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, avtobus ichida rossiyalik turistlar bo‘lgan.

Xabarda qayd etilishicha, YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohatlangan.

Avtobusda jami 60 kishi bo‘lganligi aytilmoqda.

Hozirda Italiya politsiyasi hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida tekshirish ishlarini olib bormoqda. YTH oqibatida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0