TOShKENT, 21-may — Sputnik. Qrim tatarlari uyushmasi "K’irim birligi" AQShda faoliyat yurituvchi Ukraina diplomatlaridan kechirim so‘rashni talab qilmoqda, deb yozadi RIA Novosti.
Gap shundaki, Ukrainaning AQShdagi elchixonasi Qrim tatarlari deportatsiyasiga bag‘ishlangan maqola va bir necha tarixiy fotosuratlar chop etgan.
Keyinchalik, ushbu suratlarda qrim tatarlari deportatsiya qilinishi emas, Polshada yahudiylarni gettoga olib ketishi aks etganligi ma’lum bo‘lgan. Suratlar AQShdagi Xolokost muzeyiga tegishli bo‘lgan.
"Diqqat bilan qaralganda, vagonlardan birida France degan yozuvni, suratdagi erkaklarning birining kiyimida 6 burchakli yuldur ramzini ko‘rish mumkin", - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun 1941 – 1945-yillarda Qrim yarim orolidan 277 mingdan ortiq qrim tatarlari, armanlar, greklar, nemis va italyanlar oilalari deportatsiya qilingan edi. 18 may - Qrim tatarlari deportatsiyasi xotira kuni.
Ukrainian diplomacy playbook:
— Russia in USA 🇷🇺 (@RusEmbUSA) 20 maya 2019 g.
🔹“1944 #CrimeanTatars deportation” is @HolocaustMuseum picture of the Lodz🇵🇱 ghetto Jews
🔹“2019” - arrest of suspected foreign terrorist organization members https://t.co/64uoHUKgKQ
Reality: memorial ceremony in #Crimea🇷🇺
▪️https://t.co/0saGnKxQKt pic.twitter.com/OtwChzyerq