Yangi Zelandiyada masjidga hujum qilgan shaxsga qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi

© REUTERS / Social Media WebsiteKadr iz video, kotoroe zapisival strelok onlayn do i vo vremya strelbi v mecheti An-Nur v Kraystcherche, Novaya Zelandiya
Kadr iz video, kotoroe zapisival strelok onlayn do i vo vremya strelbi v mecheti An-Nur v Kraystcherche, Novaya Zelandiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Zelandiya tarixida “terrorchilik harakatda ishtirok etish” moddasi ilk bor qo‘llanilmoqda.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Yangi Zelandiya politsiyasi Kraystcherchdagi ikkita masjidga hujum uyushtirgan Brenton Tarrantga terakt sodir etganlikda ayblamoqda.

Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

Ta’kidlanishicha, 28 yoshli avstraliyalik 50 kishini o‘ldirish va 39 kishini o‘ldirishga urinish bo‘yicha ayblovlar e’lon qildi.

 20 may kuni politsiya ayblovlarga “terrorchilik harakatda ishtirok etish” moddasini qo‘shib qo‘ydi.

Yangi Zelandiya tarixida bu modda birinchi marta qo‘llanilmoqda. Tergov davom etmoqda.

15 mart kuni qurollangan shaxslar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida joylashgan ikkita masjidga hujum uyushtirgan.

Ular masjid ichkarisiga kirib, otishma uyushtirgan.

Hujum oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi jarohatlandi. 28 yoshli Brendon Tarrant hozirga qadar hujumda ayblanayotgan yagona shaxs. U hujumdan ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan.

Tarrant umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0