TOShKENT, 21-may – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aytgan bayonotiga ko‘ra mamlakat yerlari xorijiy fuqarolarga sotilmaydi.
Prezident bayonotini matbuot kotibi Berik Uali Facebook sahifasiga joylashtirdi.
“Xorijiy fuqarolarga yer sotilmaydi. Bu prezident sifatida pozitsiyam”, - deb ta’kidladi Tokayev uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2016-yilda Yer kodeksi qoidalarini muhokama qilish chog‘ida (chet el fuqarolariga 10-yildan 25-yilgacha ijara shartlarini ko‘paytirish taklif qilingan) qator viloyatlarda miting va norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.
Shu sababli Yer kodeksi qabul qilish yuzasidan 2021-yilgacha moratoriy joriy etilgandi.