Gaz quvurining umumiy uzunligi 1,2 ming kilometrni tashkil qiladi. Qurilish ishlari tunu-kun olib borilmoqda.
Qurilishni Germaniya, Shvetsiya va Finlyandiya qo‘llab-quvvatladi. AQSh esa yangi sanksiyalarni kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh Energetika vaziri Rik Perri Ukraina prezidenti inauguratsiyasida ma’lum qildi.
Bu gaz quvuri yordamida Yevropa mamlakatlari gazni har qanday vaziyatda uzluksiz va zarur miqdorda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.