TOShKENT, 21-may – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahridagi 50-sonli maktabni buzilishi yuzasidan izoh berdi.
Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 50-sonli umumta’lim maktabining buzilishi haqida ma’lumot tarqatildi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarni noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi”, - deyilgan xabarda.
Xalq ta’limi vazirligi ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar mazkur maktabning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan.