Asli Novosibirsk shahridan bo‘lgan Andrey va Marina Klochkovlar oilasi ikki yosh bolasi bilan 6-yildan beri dunyo bo‘ylab yaxtada sayohat qilmoqda.
Andrey va Marina aytishlariga qaraganda, ular bolalikdan Jul Vern qahramonlari kabi dunyo bo‘ylab sayohatni qilishni orzu qilishgan. Vaqti kelganda biznes va boshqa mulklarini sotib eskiroq yaxta sotib olishgan. Qizig‘i shundan keyin boshlangan.
Kapitan – Andrey, oldin bir necha yil yelkanli qayiq boshqarish sporti bilan shug‘ullangani tufayli, yaxtani boshqarish unga muammo emas. Uning katta yordamchisi – Marina, 13 yoshli Nastya – kata matros va 4 yoshli Lada – yunga, vazifalarini bo‘lib olishgan.
So‘nggi 6-yil davomida ikki katta va ikki boladan iborat Klochkovlar oilasi Chernogoriyadan O‘rta-Yer dengizi orqali okeanga chiqib, Afrikani aylanib o‘tib, Karib orollari va Tinch okeanini kesib o‘tib Antarktidaga yetib kelgan.
Albatta, bunday hayotning o‘zigan xos noqulayliklari ham bor. Masalan bolalarning maktabi. Marina ular bilan maktab dasturini to‘liq o‘rganib chiqayotgan bo‘lsada, Nastya o‘z tengqurlari bilan birga o‘qishni, darsdan keyin ular bilan birga o‘ynashni orzu qiladi. 13 yoshli Nastya esa quruqlikka yaqinroq bo‘lishni, turli daraxt va gullar hidlarni ko‘proq his qilishni istaydi. Nastya aytishiga qaraganda dengizning hidi yo‘q.
Undan tashqari, doimiy sayohat uchun daromad manbai ham kerak. Har safar uzoq yo‘lga otlanganda oziq-ovqat, yonilg‘i zahiralarini sotib olish kerak.