O‘zbekistonlik talaba Seul kasalxonasida vafot etdi

Obuna bo‘lish
Avvalroq uning do‘sti ham 9-may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etgandi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida og‘ir kuyish jarohatini olgan talaba, O‘zbekiston fuqarosi Mutal Yuldashev 19-may kuni “Hanil” kasalxonasida vafot etdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Goroda mira. Seul - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada yong‘in oqibatida halok bo‘lgan talabaning jasadi Toshkentga keltirildi

Xabarda qayd etilishicha, hozirgi paytda marhumning jasadini otasi Muxtor Yuldashev va akasi Farhod Yuldashev hamrohligida Seul shahridan Toshkentga jo‘natishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Mutal Yuldashevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-2-574-65-54, +82-2-577-36-60

Avvalroq Janubiy Koreyaning Seul shahridagi kvartirada joriy yilning 9-may kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik Farrux Mo‘minovning jasadi Toshkentga jo‘natilgani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0