Budjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi - MB

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda budjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartalarga o‘tkaziladi - Markaziy bank direktori.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Markaziy bank direktori Mamarizo Nurmuratov aytishiga qaraganda Toshkentda Humo to‘lov tizimi to‘liq ishga tushirilganidan keyin, budjetdan maosh olayotgan ishchilar oyliklari to‘liq plastik kartalarga o‘tkazilishini xabar qildi, Gazeta.uz xabariga asosan.  

“Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi”, - dedi Markaziy bank rahbari.   

Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Markaziy bank O‘zbekiston fuqarolari 2019-yilning birinchi choragida kredit kartalardan ko‘proq foydalanayotgani haqida hisobot e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0